Samarqand shahrida respublika miqyosida birinchi marta yarim yerosti chiqindi saqlash majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi xabar berdi.
Qorasuv massividagi Obod maskan mahallasida o‘rnatilgan mazkur majmua ikki metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, har birida ikkitadan jami to‘rtta maxsus konteyner mavjud. Har bir konteynerning sig‘imi 550 litrni tashkil etadi va 1000 – 1500 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu tizim chiqindilarning atrofga sochilib ketishi hamda issiq havoda noxush hidlarning oldini olishga yordam beradi.
Agentlik xabariga ko‘ra, kelgusida Samarqandda yana beshta shunday yerosti majmuasini qurish rejalashtirilgan.
Bundan avval O‘zbekistonda shina va batareyalarga ekosbor joriy etilishi mumkinligi haqida...