Niderlandiyadagi islomga qarshi PEGIDA harakati davlat bo‘limi rahbari Edvin Vagensveld Qur’onni yoqib yubormoqchi bo‘ldi. Ammo mamlakatning musulmonlari bunga tosqinlik qilishdi, deb xabar berdi «RBK».
Yonish akti rasmiylar bilan kelishilgan holda Arnem shahrida bo’lishi kerak edi. Biroq musulmonlar aksiyadan xabar topib, Qur’onni yoqilishi rejalashtirilgan shahar maydoniga yetib kelishdi.
Arnem meri Ahmad Markush yig‘ilganlarni maydonni tark etishga chaqirgan, biroq ular rad javobini berganidan keyin u politsiyani chaqirgan.
Vagensveld namoyishchilar politsiya tomonidan tarqatib yuborilayotgan paytda aksiyani o‘tkazishga uringan. Biroq, musulmonlar Vagensveldga etib borishga muvaffaq bo’lishgan va aksiyani bartaraf etishgan.
Politsiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lgan. To‘qnashuvlar davomida bir necha...