2025-yil may oyida Qozog‘istonda yangi avtomobillar savdosida keskin o‘sish kuzatildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu yil may oyida 51,4 foiz ko‘proq – 19 377 dona transport vositasi sotilgan. Bu haqda Qozog‘iston avtomobil ittifoqi (QAO) xabar bermoqda. Eng ko‘p sotilgan modellar ro‘yxatida Chevrolet Cobalt peshqadamlikni saqlab qolib, may oyida 1869 dona sotilgan.
Bu ko‘rsatkichlarning asosiy qismini, aniqrog‘i 18 576 donasini yengil avtomobillar va yengil tijorat texnikasi tashkil qilgan. Og‘ir texnika – yuk avtomobillari va avtobuslar soni esa 801 donani tashkil etdi.
Qozog‘iston avtomobil ittifoqining hisob-kitoblariga ko‘ra, yil boshidan may oyining oxirigacha bo‘lgan besh oy ichida mamlakatda...