Qozog‘istonda 16 mingdan ziyod aholining ma’lumotlari internetda tarqalib ketdi. Bu haqdagi xabarni Inform buro nashriga Qozog‘iston Kiberhujumlarni tahlil qilish va tergov qilish markazi (TSARKA) tasdiqladi.
«Qozog‘iston aholisi 2024» nomi ostida 16,3 million kishiga oid shaxsiy ma’lumotlar internetda ochiq tarzda tarqaldi. Bu hodisa mamlakat aholisi asosiy qismini qamrab olgan.
Markazi vakili, TSARKA Group vitse-prezidenti Enlik Satieva ma’lumot berishicha, bu faqat ism-shariflar emas, balki juda muhim ma’lumotlar, jumladan:
familiya, ism, otasining ismi; tug‘ilgan sana; JShShIR; yashash manzili; mobil, ishchi va uy telefon raqamlari; jinsi; millati va fuqaroligi; manzil tasdig‘i holati; yashash boshlangan sana; tibbiy muassasalardan (poliklinika, stomatologiya) olingan ma’lumotlar bo‘lgan...