O‘zbekistonda axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i yanada kengayadi.
2025-yil 14-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ushbu yo‘nalishda tayanch maktab etib belgilandi.
Yangi qaror bilan quyidagi tartiblar belgilandi:
tayanch maktab va filiallariga rahbarlar ikki bosqichli, pedagoglar esa uch bosqichli tanlov orqali ishga qabul qilinadi; o‘quvchilar tanlovi tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi; filiallarda bepul sog‘lom ovqatlantirish xizmati autsorsing asosida tashkil etiladi; maktablar zamonaviy jihozlar – HPL panel bilan qoplangan parta va fanerali stullar bilan ta’minlanadi.Ma’lumot uchun, prezident farmoniga muvofiq, 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat negizida Muhammad...