Xitoyda yangilangan Lynk & Co 01 krossoveri rasman namoyish etildi. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.
Model uch xil to‘plamda taqdim etilmoqda, narxlari esa 149,8 mingdan 181,8 ming yuangacha (taxminan $20,9 – $25,4 ming) etib belgilangan.
Ammo ilk xaridorlar uchun katta chegirma taqdim etilmoqda – 31 ming yuan (taxminan $4,3 ming). Shunday qilib, boshlang‘ich to‘plamdagi mashina faqat $16,6 mingga tushadi.
Tashqi ko‘rinishi
Yangi model dizaynda katta o‘zgarishlarga ega emas, ammo yangi mat tusli «Night Shadow Blue» rang varianti bilan ajralib turadi. Qoramtir disklari, qora rangdagi oynalar korpusi, eshik tutqichlari, tomdagi relslar va boshqa elementlar avtomobilga sport ko‘rinish beradi.