2025-yil 13-iyun kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida «Octobank» AJ va «Humans» MCHJ o‘rtasida davom etayotgan moliyaviy nizo bo‘yicha hal qiluv qarori e’lon qilindi.
Sud qaroriga ko‘ra, «Humans» MCHJ bank oldidagi qarzdorlikni qoplashi lozimligi belgilandi.
«Octobank» ushbu qarorni o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida muhim yutuq sifatida baholab, barcha hamkorlar bilan shaffof va adolatli munosabatlarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, bank 2025-yil 13-iyundan boshlab «Humans» kartalari bo‘yicha kliring va barcha operatsiyalarni to‘liq to‘xtatganini ma’lum qildi.
Bunga javoban, Humans kompaniyasi o‘zining rasmiy veb-saytida holat bo‘yicha bayonot e’lon qildi. Unda Octobank’ning 500 mlrd so‘mlik da’vosi sudda ko‘rib chiqilayotgani, ammo...