Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) butun dunyodan migrantlar va investorlarni jalb qilishda davom etmoqda. AQSh immigratsiya tizimi murakkab bo‘lib, eng yaxshi immigratsiya yo‘lini tanlash va soliq majburiyatlarini oldindan rejalashtirish uchun individual yondashuvni talab qiladi. Shu sababdan, Henley & Partners ma’lumotiga ko‘ra, investitsiya jalb qilish orqali AQShda yashash ruxsatnomasini olish mumkin bo‘ladi.
EB-5 investitsiya immigratsiya dasturi
EB-5 investitsiya dasturi investorlarga AQShda doimiy rezident identifikatsiya kartasi – green karta egasiga aylanish imkonini beradi.
Chet el fuqarosi AQShdagi har qanday investitsiya loyihasiga $1,05 mln yoki agar loyiha qishloq xo‘jaligi yoki ishsizlik yuqori bo‘lgan hududlarda bo‘lsa, $800 ming miqdorida sarmoya kiritishi kerak. Shuningdek...