Jaguar kompaniyasi 2019-yilgi modeldagi 2,7 mingta avtomobilni AQShda egalaridan sotib olishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Carscoops xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Britaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi I-Pace EV modelidagi yong‘in xavfi muammosi bilan kurashish uchun ekstremal choralarni ko‘rgan.
Muammo batareyalarning haddan tashqari qizib ketishi va yong‘in xavfi bilan bog‘liq. Bundan avval kompaniya dasturiy ta’minot asosida 2019-yilgi modeldagi ba’zi mashinalarga tuzatish kiritilgan, biroq avtomobilda hali ham ortiqcha issiqlik mavjud.
Hozirgi kunga qadar 2019-yilgi uchta elektr mashinasi, dasturiy ta’minot yangilanishiga qaramay yonib ketgan.
Avgust oyida kompaniya mashina egalariga tashqarida va binolardan uzoqroq joyda qo‘yishni tavsiya qilgan va yana bir...