Saudiya Arabistonining Qirol Abdulloh nomidagi iqtisodiy shahrida Hyundai Motor Manufacturing Middle East (HMMME) zavodining tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda Saudiyaning Davlat investitsiya jamg‘armasi xabar berdi.
Bu loyiha Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) va Hyundai Motor Company o‘rtasidagi hamkorlik asosida amalga oshirilmoqda.
PIF qiymati trillion dollarga yaqin bo‘lgan aktivlarni boshqaradi va HMMME ulushining 70 foiziga egalik qiladi. Qolgan 30 foiz ulush esa Hyundai kompaniyasiga tegishli.
Ushbu zavod Yaqin Sharqda Hyundai kompaniyasining birinchi ishlab chiqarish obyekti bo‘lib, 2026-yilning to‘rtinchi choragida avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi. Yiliga 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan – ular orasida ichki yonuv dvigatelli (ICE) hamda...