Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchisi XPeng o‘zining ikkinchi avlod P7 elektromobilini rasman namoyish etdi. Bu haqda Drive nashri xabar berdi.
Yangi model dizayni va texnologiyalari bilan ilgari surilgan, uning asosiy e’tibor markazida – sun’iy intellektga asoslangan haydash rejimi bo‘ldi.
AI haydash tizimi XPeng tomonidan ishlab chiqilgan «Tyuring» chipseti yordamida amalga oshiriladi. Qiziq jihati shundaki, bu tizim lidarlarsiz, faqat kameralar orqali avtomobilni boshqaradi.
Dizayndagi asosiy yangiliklar:
qattiqroq va burchakli tashqi ko‘rinish; katta disklar, perforatsiyalangan tormoz disklari va qizil supportlar; utopgan tutqichlar va qoraytirilgan A-ustun; panoramik tom va avtomatik chiqadigan orqa spoyler.Dizayn muallifi – fransuz dizayner Rafik Ferrag, u avvalgi P...