So‘nggi haftalarda bitkoin narxi aql bovar qilmaydigan darajaga ko‘tarildi. 12-fevral kuni uning narxi $50 mingdan oshdi. Bu 2021-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ammo o‘sishni to‘xtatmasdan, Coindesk ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 11-martida kriptovalyuta $71 ming tashkil etgan yangi rekord darajaga yetdi. Bitkoin narxi nega tez ko‘tarilganini bilish uchun «Kursiv» Paynet-Crypto kriptovalyuta do‘koni rahbari Ulug‘bek Muslimov va Lockton Finance kriptodepozitariy kompaniyasi tijorat direktori Abdullayev Amir Malik bilan suhbatlashdi.
Nega bitkoin o‘sib bormoqda?
Bitkoin nima uchun bunchalik o’sdi degan savolga kriptodo’kon rahbari Ulug’bek Muslimov bir necha omillar haqida gapirdi. Birinchidan, u bu o’sishni investorlar va treyderlar faolligining ortishi bilan bog’laydi, chunki...