Mercedes-AMG kompaniyasi Xitoy bozoriga mo‘ljallangan, eksklyuziv GT 50 China Special Edition sportkarini rasman taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
To‘rt eshikli va $145 ming turuvchi ushbu model global miqyosda faqat Xitoyda ishlab chiqariladi. Yangi AMG GT 50 besh standart va oltita premium MANUFAKTUR rang variantlarida taklif etiladi. Arctic White, Obsidian Black, Graphite Grey, Space Silver va Sea Night Blue kabi metall ranglar asosiy variantlar bo‘lsa, premium palitrada noyob qoplamalar $2600dan boshlanadi.
Modelning old qismi katta radiator panjarasi va yangilangan havo yutkichlari bilan farqlanadi. 21 dyuymli klassik AMG disklari bilan birga ikkita boshqa dizayndagi disk varianti ham...