Toshkentda hozirda besh mln.ga yaqin odam yashaydi va ishlaydi. Bu nafaqat mamlakatning eng yirik shahri, balki Markaziy Osiyodagi eng gavjum shaharlaridan biridir, deya xabar bermoqda CNN axborot agentligi.
Unga ko‘ra, kelajakda Toshkent yanada kattalashadi. Shaharning sharqiy hududida joylashgan 20 ming gektarlik maydonni rivojlantirish orqali uni yirik metropoliyaga aylantirish rejalashtirilgan.
«Yangi Toshkent» nomini olgan ushbu kengayish loyihasi mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Yangi Toshkentda turarjoylar, davlat idoralari, universitetlar, kutubxona, muzey va boshqa ko‘plab infratuzilmalar barpo etilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda keng qamrovli iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar dasturini boshlagan. Ushbu rejaga...