Bugun, 4-fevral kuni Elit chempionlar ligasi yettinchi tur doirasida Toshkentning «Paxtakor» jamoasi Dohada Qatarning «Al-Garafa» klubi mehmoni boʻladi. Kursiv Uzbekistan mazkur uchrashuv haqida futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev bilan suhbatlashdi.
«Yanvar oyida Qatar chempionatida davra oʻyinlari boshlandi. “Al-Garafa» allaqachon bir nechta oʻyin oʻtkazishga ulgurdi va kuchli toʻrtlikdan joy olib turibdi. Jamoa keyingi yilgi Elit chempionlar ligasida ishtirok etish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega. «Paxtakor» esa hozirda yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrmoqda. Soʻnggi rasmiy oʻyinni dekabr oyida oʻtkazgan. Oʻrtoqlik oʻyinlari orqali jamoaga xolis baho berish qiyin, lekin jamoaning yana gol ura olmasligi xavotirga solmoqda. Shundan kelib chiqib «Al-Garafa»ning imkoniyatlari...