AQSh BMTga G‘azo uchun o‘tish davri boshqaruv organi va xalqaro barqarorlashtirish kuchlarini ikki yillik mandat asosida tasdiqlovchi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, loyiha hali ishlab chiqilmoqda va ayrim davlatlarga ko‘rsatildi, biroq BMT Xavfsizlik Kengashiga rasmiy ravishda kiritilmagan.
Hujjatda «Tinchlik Kengashi» deb nomlangan boshqaruv ma’muriyati tashkil etilishi va uning tarkibida G‘azoda xavfsizlikni ta’minlash uchun Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari (XBK) tuzilishi nazarda tutilgan. XBKga fuqarolarni himoya qilish, gumanitar yordamni ta’minlash hamda «Hamas» qurolli guruhlarini qurolsizlantirish vazifasi yuklanadi.
Tramp rejasining ikkinchi bosqichi sifatida bu rezolyutsiya G‘azoda «Hamas» boshqaruvini tugatish va hududni demilitarizatsiya qilishni maqsad qilgan.
AQSH...