UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining javob o‘yinida Italiyaning «Inter» jamoasi Ispaniyaning «Barselona» jamoasini 4:3 hisobida mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yinda jamoalar 3:3 hisobida durang o‘yin ko‘rsatgandi. Umumiy hisobda 7:6 bilan «Inter» finalga yo‘l oldi.
Birinchi taym: ikkita gol va «Inter»ning ustunligi
O‘yinning birinchi bo‘limida mezbonlar taktik va o‘yin nazorati jihatidan ustunlikka ega bo‘lishdi. Uchrashuv yuqori tezlikda, lekin ehtiyotkorlik bilan boshlandi. Himoyaviy harakatlarga alohida e’tibor qaratildi.
23-daqiqada «Inter» hisobni ochdi. «Barselona» markazda xatoga yo‘l qo‘ydi, bu esa tezkor hujumga sabab bo‘ldi. Dimarko Denzel Dyumfrisni darvozabon bilan yakkama-yakka chiqardi. Dyumfris to‘pni Lautaro Martinesga uzatdi, u esa bo‘sh darvozaga go‘l kiritdi...