2024-yilning birinchi yarmida kompaniya Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) boʻyicha 2,1 trillion soʻm miqdorida sof foyda oldi. Oraliq konsolidatsiyalashgan hisobot kompaniyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi. Bu yilgi natija oʻtgan yilning shu davridagi 422 milliard soʻmlik koʻrsatkichdan sezilarli darajada yuqori boʻlib, sof foyda besh barobarga oshdi.
Umumiy tushum va boshqa daromadlar 15,7 trillion soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilgi 14 trillion soʻmlik koʻrsatkichdan oshdi. Umumiy xarajatlar esa 11,7 trillion soʻm boʻlib, oʻtgan yilgi 10,9 trillion soʻmlik koʻrsatkichdan yuqori boʻldi, biroq tushumning oʻsishiga nisbatan kamroq oshdi. Moliyaviy daromadlar 1,26 trillion soʻmga yetdi (2023-yilda 466 milliard soʻm edi). Shu bilan birga, ushbu turdagi xarajatlar ham...