AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp oʻz yordamchilariga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uning inauguratsiyasidan keyingi kunlarda telefon orqali muloqot uyushtirishni topshirdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, suhbatning maqsadlaridan biri Ukrainadagi mojaroga chek qoʻyish uchun yaqin oylarda shaxsiy uchrashuvni muhokama qilish boʻladi.
Trampning jamoasi bir necha haftadan beri Rossiya yetakchisi bilan muzokaralarga tayyorgarlik koʻrmoqda, ammo suhbatning aniq sanasi hozircha nomaʼlum. Trampning fikricha, Putin bilan toʻgʻridan toʻgʻri hamkorlik mojaroni hal qilish uchun zarur.
CNNʼning ta’kidlashicha, bu deyarli uch yil davomida Putin bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqa qilishdan qochgan Jo Baydenning yondashuvidan keskin farq qiladi.
Financial Times ma’lumotlariga koʻra, Tramp...