Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) «Oʻzagrosanoatloyiha» MCHJdagi 94,9 foiz ulushni ochiq auksion orqali sotish jarayonini boshladi.
Privatizatsiya boʻyicha maslahatchi sifatida «Abrau Capital» kompaniyasi jalb etildi.
«Oʻzagrosanoatloyiha» qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash korxonalari va fermer xoʻjaliklari uchun infratuzilmalarni loyihalash bilan shugʻullanadi. Tashkilotning ustav kapitali 182,7 mln soʻmni tashkil etadi.
Agar talabgor jismoniy shaxs bo‘lsa pasport yoki ID karta nusxasi va aktivni sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatini tasdiqlovchi ma’lumotlar talab qilinadi.
Talabgor yuridik shaxs bo‘lganda esa korxona yoki firma haqida ma’lumot, shu jumladan, ta’sis hujjatlari (ustav) va faoliyat guvohnomasi nusxasi, STIR ma’lumotlari taqdim etilishi kerak. Bir nechta...