Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) poytaxtida oʻtayotgan «Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi» sammitida nutq soʻzladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari oʻz nutqida BAA Oʻzbekistonning «yashil» energetika sohasidagi ishonchli va strategik hamkori ekanini ta’kidladi.
«Shuni alohida qayd etmoqchimanki, “yashil» energiya sohasida Birlashgan Arab Amirliklari bizning ishonchli va strategik hamkorimizdir. Soʻnggi yillarda Amirliklar bilan investitsiyalar portfeli $26 milliarddan oshdi. Ular orasida qayta tiklanuvchi energetika loyihalari asosiy lokomotiv boʻlmoqda”, – deya ta’kidladi Mirziyoyev.
Shuningdek, sammit tashkilotchisi – Masdar kompaniyasi bilan umumiy quvvati 1,5 gigavatt boʻlgan 5 ta elektr...