Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar davlatiga amaliy tashrifini yakunlab, AQShga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Dohadagi Shayx Hamad nomli xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidentini bosh vazir o‘rinbosari, mudofaa vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Dohadagi tashrifdan so‘ng Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Prezident mazkur davlatda Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining «C5+1» formatidagi sammitida ishtirok etadi.
Shuningdek, strategik sheriklik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish hamda mintaqaviy integratsiya masalalari muhokama qilinadi. Dastur doirasida prezident AQShning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ikki...