13-noyabr kuni Toshkent metrosida poyezd texnik nosozlik tufayli to‘xtab qoldi, deb xabar berdi «Toshkent metropoliteni» DUK.
Voqea soat 9:15 da «O‘zbekiston» yo‘nalishidagi «Alisher Navoiy» bekatida sodir bo‘ldi. Poyezd tunnelga kiraverishda 15 daqiqaga to‘xtab qoldi. Keyinroq poyezd sudrab olib ketildi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkent metrosida poyezd to‘qnashuvi haqida soxta xabar tarqatgan shaxs qo‘lga olingani haqida yozgan edi.