2025-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent shahri avtobuslarida safar uchun naqd pul qabul qilish rasman toʻxtatildi. Bu holatda ATTO transport kartalari jamoat transportida yoʻl haqini toʻlash uchun qulay yechimlardan biriga aylandi.
Kartalarni qayerdan olish mumkin?
2024-yil 15-may kunidan boshlab Toshkentda joylashgan barcha transport karta sotish shoxobchalarining faoliyati toʻxtatildi. Endilikda ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobni toʻldirish va tarif sotib olish xizmatlari Uzpost aloqa boʻlimlarida amalga oshiriladi. Lekin eng oson yo‘li: siz uni metro kassasida sotib olishingiz va hisobingizni to‘ldirishingiz mumkin.
Toʻrtta karta turi mavjud boʻlib, moviy karta barcha yoʻlovchilar uchun amal qiladi. Uchta ijtimoiy kartalar (yashil, qizil, sariq) bo‘lib...