FIFA rasmiy saytida e’lon qilingan «U-17 Osiyo kubogida porlagan futbolchilar» nomli maqolada Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi Asilbek Aliyev ham e’tirof etildi.
FIFA materialida ta’kidlanishicha, Aliyev Oʻzbekistonning chempionlik yoʻlida eng muhim rollardan birini bajargan. U turnirning guruh bosqichidan chorak finalgacha boʻlgan uchrashuvlarda oʻzining sovuqqonlik, ishonch va instinktga boy hujumchilik fazilatlari bilan ajralib turgan. Yoshiga nisbatan yuksak yetuklik namoyon etgan futbolchi Markaziy Osiyo futbolining eng istiqbolli yulduzlaridan biri sifatida baholanmoqda.
«Bu yosh iqtidor Oʻzbekistonning chempionlik yoʻlida asosiy futbolchilardan biri boʻlib, hujum chizigʻini ishonch va sovuqqonlik bilan boshqardi. Turnirning dastlabki toʻrt uchrashuvida u beshta gol urib...