O‘zbekistonda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini takomillashtirish bo‘yicha prezident farmoni imzolandi. Unga ko‘ra, 2025-yilda attraksionlar xavfsizlik talablari yangilanadi va zamonaviy standartlarga moslashtiriladi.
Sanoat xavfsizligini ta’minlashda masofadan nazorat qilish mexanizmi joriy etiladi. Radiatsiya va yadro xavfsizligi qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Farmon doirasida Tog‘-kon sanoati va geologiya inspeksiyasi funksiyalari Sanoat xavfsizligi qo‘mitasiga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Navoiy, Olmaliq, Bekobod va Temir yo‘l sanoat xavfsizligi inspeksiyalari tashkil etiladi.
2025-yil yakunigacha «Yagona integratsiyalashgan ekotizim» axborot tizimi ishga tushiriladi. Ushbu tizim sanoat xavfsizligi ustidan masofaviy nazoratni ta’minlaydi.
2025-yil 1-iyuldan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llash tartibi joriy...