«S» gepatiti kasalligini 100 foiz davolash maqsadida Misr hukumati tomonidan ajratilgan «Sofosbuvir-400mg» dori vositalarining sakkizinchi partiyasi 14-dekabr kuni Toshkentga yetkazildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Sharm ash-Shayxdan amalga oshirgan parvozi orqali 30 dona qutidagi 7200 dona dori vositasi mamlakatga olib kelindi.
Bu dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan «S» gepatiti bilan og‘rigan bemorlarga taqsimlanadi.
Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz grant yordam sifatida umumiy qiymati $4,2 mln.ga teng 800 ming dona «Sofosbuvir» va «Daklatasvir» dori vositalari berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Hozirga qadar 13,4 tonna dori vositasi, umumiy qiymati 1,46 mln...