2025-yilning 1-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 15739 ta chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Ulardan 4 mingdan ortigʻi qoʻshma korxonalar boʻlib, salkam 12 mingtasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Ayni paytda xorij kapitaliga ega eng koʻp korxonalar ichida Xitoy yetakchilik qilmoqda: 3711 ta. Xitoy ishtirokidagi korxonalar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,1 mingtaga koʻpaygan. Rossiya ishtirokidagi korxonalar soni 2024-yilga qaraganda 14 taga koʻpayib, 3033 tani tashkil qilgan.
Quyidagi jadvalda Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan eng koʻp xorijiy davlatlar bilan tanishish mumkin:
Eslatib oʻtamiz, shu yilning yanvar-fevral oylarida ikki ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadida...