Davlat xavfsizlik xizmati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mamlakatimizga Tojikistondan olib kelingan katta miqdordagi giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Farg‘ona viloyatida «Cobalt» avtomashinasi tekshiruvdan o‘tkazilganda, gaz balloni ichidan 50 kg 852 gr «opiy» va 6 kg 927 gr «gashish» aniqlangan. Mashina egasi moddalarni Dushanbedan olib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Samarqand viloyatida esa «Gentra» avtomashinasidan qariyb 1 kg «geroin» topilgan bo‘lsa, Namanganda «VAZ-2106» mashinasida ketayotgan ikki fuqaroning ustidan 1,8 kg «gashish» topilib, qo‘shimcha ravishda ularning yashash uyidan yana 1,4 kg narkotik moddalar olingan.
Shuningdek, Andijonda 1985-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi 3,9 kg «gashish»ni...