Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilikka rioya qilgan tadbirkorlarni aniqlaydigan va mukofotlaydigan reyting joriy etiladi.
Reyting elektron platformada avtomatik tarzda tuziladi va bir nechta toifalarga bo‘linadi:
«AAA», «AA» va «A» toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;
«BBB», «BB» va «B» toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;
«CCC», «CC» va «C» toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;
«D» toifa – quyi barqarorlik reytingi.
Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlarga hukumat mukofotlari va «Faol tadbirkor» koʻkrak nishonlari beriladi.
Avvalroq, «Kursiv» Tadbirkorlar uchun 16 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi haqida...