Prada mashhur italyan brendi Versace’ni Capri Holdings’dan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitim qiymati 1,375 mlrdni tashkil etadi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu orqali Prada hashamatli moda bozori sekinlashayotgan bir vaqtda o‘z ta’sir doirasini kengaytirmoqchi.
Versace so‘nggi yillarda moliyaviy yo‘qotishlar bilan ishlayotgan bo‘lsa-da, uning jasur va barokko uslubidagi dizayni Prada’ning minimalist uslubiga yangi mijozlarni jalb qilishi kutilmoqda.
«Biz Versace merosini davom ettirib, uning o‘ziga xos estetikasi va jasoratini zamonaviy talqinda saqlab qolishni istaymiz», – dedi Prada rahbari Patrizio Bertelli.
Bu bitim Fransiyaning yirik konglomeratlariga qarshi Italiya pozitsiyasini mustahkamlashi kutilmoqda...