Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida uchta jamoaviy sport turi bo‘yicha klublar tashkil qilinadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olishga oid qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, qor o‘yinlari xokkeyi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida uchta jamoaviy sport turi bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.
2025/2026 o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha bir qancha sport musobaqalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Masalan, «Maktab ligasi», «Talabalar ligasi» va «Oliy ta’lim kubogi», «Rektor kubogi» shular jumlasidan.
Bunda...