«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mariya Zaxarovaga javob qaytardi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
Zaxarova avvalroq Toshkentdagi maktablardan birida rus tilida gaplashuvchi bolaga nisbatan pedagogning nojo‘ya muomalasi yuzasidan Tashqi ishlar vazirligidan rasmiy izoh so‘ragan edi.
«Bizning ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa, to‘g‘ri bo‘lar edi. Tekis joyda to‘polondan foyda chiqmasligini tushunib yetishdi, degan xulosaga ertaroq shekilli”, deydi Qodirov.
Ma’lumot uchun, tarmoqlarda o‘qituvchi o‘quvchisi bilan bahslashayotgan video tarqaldi. Videoda pedagogning bolani yelkasidan tortgan, bo‘ynidan ushlab turgan va bir necha marta yuziga urgan...