Toyota kompaniyasi o‘zining eng nufuzli modeli – Century asosida yaratilgan yangi Century Coupe avtomobilini taqdim etdi. Bu haqda Carscoops nashri ma’lum qildi.
Bu ikki eshikli kupe 60 qatlamli to‘q sariq bo‘yoq, futuristik salon va yuqori darajadagi qulaylik bilan ajralib turadi.
Yangi Century endilikda Lexusdan ham yuqori toifadagi alohida brendga aylanadi. U hashamatli avtomobillar olamida Rolls-Royce va Bentley kabi gigantlarga raqobatchi bo‘ladi.
Salon dizayni zamonaviy texnologiyalar va klassik an’analarni uyg‘unlashtirgan – raqamli panel, «shturval» uslubidagi rul, qo‘lda ishlangan qoplamalar hamda analog soatlar avtomobilga o‘ziga xos nafislik beradi.
Toyota, shuningdek, Century liniyasi doirasida yana to‘rtta modelni taqdim etdi: ikkita restavratsiya qilingan...