Markaziy bank xabariga ko‘ra, 2024-yil yanvar oyida bank sektorining kredit portfeli 0,4 foizga kamayib, 469,6 trln so‘mni ($37,7 mlrd) tashkil etdi, muammoli kreditlar ulushi esa 3,5 foizdan 4,3 foizga o‘sdi (3,4 trln so‘mga).
Ushbu muammoli kreditlar hajmining 15,4 trln so‘m davlat banklariga tegishli. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kredit portfeliga nisbatan muammoli kreditlarning eng katta ulushiga ega bo‘lgan bank Octobank bo‘ldi. Uning kreditlarining 75 foizi muammoli.
Ikkinchi o’rinni egallagan «Madad invest banki»ning muammoli kreditlar ulushi pastroq (28 foiz). Uchinchi o’rinda «Eron Saderot banki» (18,9 foiz) turibdi.
«Milliy bank» qaytarilmaydigan kreditlar miqdori bo‘yicha yetakchi o‘rinni saqlab qolishda davom etmoqda. Ushbu moliya muassasasida kreditlarning umumiy...