Vashington universiteti tibbiyot fakulteti olimlari oziq-ovqat allergiyasining rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi maxsus turdagi immun hujayrani aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Cell nashrida chop etildi.
Maxsus immun – «RORgt+» hujayralari ichaklarda topiladi va oziq-ovqat allergenlariga tolerantlikni rivojlantirishda asosiy rol oʻynaydi. Ularsiz hayvonlarda yalligʻlanish va zararsiz tuxum oqiga allergik reaksiya paydo boʻlgan.
Tadqiqot mualliflari «RORgt+» hujayralari immunitet tizimining boshqa a’zolariga oziq-ovqat xavfli emasligini «tushunishlariga» yordam beradi. Tajriba sifatida sichqonlarning ichaklaridan bu hujayralarni olib tashlashgan. Buning natijasida hayvonlarda oziq-ovqatga nisbatan tolerantlik yoʻqolib, allergiya belgilari paydo boʻla boshlagan.
Olimlarning ta’kidlashicha, odamlarda ham xuddi shunday hujayralar mavjud. Ular allergik reaksiyaning boshlanishiga toʻsqinlik qiladigan terapiyani yaratish imkonini beradi.