10-apreldan boshlab Xitoy Amerika tovarlariga 34% boj joriy etadi. Bu haqda XXR moliya vazirligi xabar berdi.
Shu bilan birga, Pekin AQShga eksport qilinadigan bir qator kamyob yer elementlari, samariy, gadoliniy, terbiy va disproziy kabi strategik ahamiyatga ega materiallarni cheklashni rejalashtirmoqda.
Bundan maqsad milliy xavfsizlikni ta’minlash va xalqaro majburiyatlarni bajarishdan iborat. 4-apreldan boshlab kuchga kirgan ushbu cheklovlar, ayniqsa, Xitoyning texnologik rivojlanishiga ta’sir qiluvchi materiallar eksportining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, AQShning 11 ta kompaniyasi Xitoyning «ishonchsiz» tashkilotlar ro‘yxatiga kiritildi, bu esa Xitoyning ushbu kompaniyalarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy etish huquqini beradi.
Xitoyning rasmiy vakillari Vashingtonni bir tomonlama choralarni bekor qilishga...