O‘zbekiston va uning xalqi sha’nini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar qilgan chet el fuqarosi mamlakat hududiga kiritilmaydi. Bu haqda Senatning 57-yalpi majlisida qonun loyihasi ma’qullandi.
Ma’lum qilinshicha, bunday odamlar ro‘yxati yuritilib, agar bunday shaxslar O‘zbekiston hududida bo‘lsa, chiqarib yuboriladi.
“So‘nggi vaqtlarda ayrim chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid bo‘lgan davlatlararo, milliy, diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, O‘zbekiston xalqi sha’ni, qadr-qimmati, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlar hamda harakatlar sodir etish harakatlari uchrab turibdi», deydi senator Anvar To‘ychiyev.
Ro‘yxatga kiritilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston hududiga belgilangan muddatga kiritilmaydi va unga nisbatan qator cheklovlar...