Joriy yilning o‘tgan 7 oyida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 21,8 ming nafar xotin-qizlarga himoya orderi berildi. Bu haqida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i O‘g‘iloy O‘rozova maʼlumot berdi.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 18, 5 mingtasi yoki 84,7 foizi oilada sodir etilgan. Bunda rasmiylashtirilgan 5,4 mingta himoya orderlari bo‘yicha maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik belgildi. Natijada, jabrlangan xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklandi.
Prezident farmoniga ko‘ra taʼsis etilgan «Ibratli oila» ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom Vazirlar Mahkamasining 437-sonli Qarori bilan tasdiqlandi. Unga ko’ra, ko‘krak nishoni bilan namunali oilalar taqdirlanadi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Doimiy...