Fransiya raqobat boʻyicha milliy boshqarmasi 31-mart kuni Appleʼni iOS va iPadOS mobil ilovalari bozoridagi ustun mavqeyini suiisteʼmol qilishda ayblab, 150 mln yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda Euronews nashri xabar berdi.
Regulyatorning maʼlum qilishicha, Appleʼning maʼlumotlarni yigʻish tizimi kerakli chegaralardan chiqib ketmoqda va raqobatni sunʼiy ravishda cheklamoqda. Xususan, 2021-yilda taqdim etilgan App Tracking Transparency (ATT) funksiyasi tashqi ishlab chiquvchilarning foydalanuvchilar maʼlumotlariga kirishini cheklaydi, biroq Appleʼning oʻzi bunday cheklovlarga duch kelmaydi.
Raqobat boʻyicha milliy boshqarmaning taʼkidlashicha, foydalanuvchilar uchinchi tomon ilovalaridan foydalanishda koʻplab rozilik soʻrovlariga duch keladi, Apple esa oʻz xizmatlari uchun bunday rozilikni talab qilmaydi.
Bunga javoban Apple ATT foydalanuvchilarning...