O‘zbekistonda «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi yangi qonun (O‘RQ–996-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi.
Hujjatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning bir qancha turlari qayd etilgan.
Masalan, jismoniy, jinsiy, ruhiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya qilish, ta’qib etish (bulling) — ya’ni shaxsga nisbatan davomli ravishda psixologik, og‘zaki yoki jismoniy zo‘ravonlik qilinishi, uni tahqirlash, masxara qilish yoki qo‘rqitish.
Davlat bolalarni himoya qilish uchun huquqiy, ma’muriy, ijtimoiy va iqtisodiy chora-tadbirlarni ko‘radi. Jumladan, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga himoya orderi berish tartibi joriy etiladi.
Himoya orderi:
Himoya orderi ichki ishlar organlari tomonidan berilib, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yoki uning qonuniy vakiliga vakolatli davlat organi ishtirokida topshiriladi...