Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki bozor nazorat xaridlari tadbiri doirasida 31 turdagi jami 157 ta mahsulot sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Natijada 9 ta osh tuzi, 5 ta sut va sut mahsuloti, 3 ta kolbasa va yana 8 turdagi jami 29 ta oziq-ovqat mahsuloti belgilangan normativ-texnik hujjatlarga mos kelmasligi aniqlandi.
Xususan, Qoraqalpog‘istondagi «Tap-Tatti» qandolat mahsuloti va Sirdaryodagi «Salar meat Products» MCHJning «Andalus doktorskaya» kolbasa mahsulotining qadog‘i tamg‘alanish talablariga javob bermagan. Surxondaryoda «Begomotik BONDI» pechenyesining yaroqlilik muddati o‘tib ketgan.
Navoiydagi «Fayzli» osh tuzida yod miqdori ham talabga javob bermagan. Samarqanddagi «Happy oil» MCHJ ishlab chiqargan 95-AI markali...