Argentina prokuraturasi oktabr oyida Buenos-Ayresda vafot etgan One Direction pop guruhining sobiq solisti Liam Peynning oʻlimi bilan bogʻliq holatda uch kishiga ayblov e’lon qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Ularga «giyohvandlik vositalarini yetkazib berish va iste’mol qilishga ko‘maklashish» va «odamni xavf ostida qoldirish, buning oqibatida oʻlimga olib kelish» kabi jinoyatlarda ayblov e’lon qilingan. Bu shaxslar tergov davomida Argentinani tark eta olmaydi.
Oktabr oyining oʻrtalarida Peyn Buenos-Ayresdagi mehmonxona xonasi balkonidan tushib ketgan. Sud-tibbiy ekspertiza natijalariga koʻra, musiqachi koʻp sonli jarohatlar va qon ketishi oqibatida vafot etgan. Toksikologik ekspertiza xulosasiga koʻra, marhumning organizmida spirtli ichimlik, kokain va antidepressant moddalari...