Ayrim Xiaomi smartfonlari orqali Steam platformasidagi kompyuter o‘yinlarini bevosita telefon orqali ishga tushirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda kompaniyaning o‘zi ma’lum qildi. Texnologiya hozircha cheklangan tarzda ishlamoqda.
Dastlab u Redmi K90 va Redmi K90 Pro Max modellari uchun taqdim etiladi. Keyinchalik boshqa Xiaomi smartfonlari ham ushbu tizimga qo‘shilishi kutilmoqda.
Hozircha faqat uchta o‘yin qo‘llab-quvvatlanadi – Stardew Valley, Hollow Knight va yaqinda chiqadigan Hollow Knight: Silksong. O‘yinlar Steam orqali ishga tushiriladi, biroq ular nativ (to‘g‘ridan to‘g‘ri) emas, balki Xiaomi’ning o‘z emulyatori orqali ishlaydi.
Yangi imkoniyat Xiaomi Game Center ilovasining PC o‘yinlari bo‘limida paydo bo‘ladi. Foydalanuvchilar Steam’dagi o‘yinlarni telefon orqali ishga tushirishdan...