AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Xitoy iqtisodiy muammolarga duch kelmoqda va u «bomba»ga aylanib bormoqda, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
«Ularda (xitoyliklar. – Tahr.) qandaydir muammolar bor. Bu yaxshi emas, chunki yomon odamlar muammoga duch kelganda, ular yomon ishlarni qilishadi», dedi Bayden Yutaga safari chog‘ida.
Shu bilan birga, Amerika prezidenti Qo‘shma Shtatlar va Xitoy o‘rtasidagi oqilona munosabatlarni xohlashini ta’kidladi.
«Kursiv»ning yozgan edi, iyun oyi oxirida Bayden Xitoy rahbari Si Szinpinni diktator deb atagan. O‘shanda bir qator OAV manbalarga tayangan holda Amerika yuqori martabali amaldorlari davlat rahbarining bu bayonotidan hayratda qolgani haqida xabar tarqatgan.
AQSh prezidenti xitoylik hamkasbi...