14-dekabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Kursiv nashri O‘zbekistonda ayollar va gender tengligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi loyiha va tashabbuslar uchun «Tenglar ichida yetakchi» mukofotini topshirish marosimini o‘tkazadi.
Kursiv ushbu mukofot bilan oʻzbek jamiyatida ayol yetakchilik madaniyatini yaratish mavzusiga eʼtibor qaratmoqchi. Tadbirda muvaffaqiyatli misollardan foydalanib, O‘zbekistonda ayollar tashabbuslarini rivojlantirish va yetakchi ayollarning ko‘payishiga ko‘maklashish muhimligi haqida so‘z boradi.
«Ushbu maxsus loyiha doimiy bo’ladi va biz biznesni ushbu tashabbusda faol ishtirok etishga taklif qilamiz. Biz biznesni nafaqat amalga oshirishga, balki o’z kompaniyalarida ayollar yetakchiligi va gender tengligi g’oyalarini ilgari surish bo’yicha muvaffaqiyatli amaliyotlar haqida gapirishga, shu tariqa ayollarni korporativ darajada qo’llab-quvvatlashning...