«Ipoteka-bank» xalqaro tashkilotlardan umumiy qiymati 10 million dollar miqdorida kredit va imtiyozli moliyalashtirish olishi mumkin. Ular mablagʻlarni Oʻzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga yoʻnaltirmoqchi, deya xabar beradi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB).
YeTTB ushbu maqsadlar uchun 9 dollar miqdorida kredit ajratmoqchi, Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot jamg‘armasi esa yana 1 million dollarni imtiyozli moliyalashtirish uchun ajratadi. «Ipoteka-bank» ushbu mablag‘lardan yashil iqtisodiyot sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni kreditlash uchun foydalanadi.
Kelishuv O‘zbekistonning ifloslantiruvchi resurslar bilan bog‘liq bo‘lmagan kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tishini osonlashtirishi kutilmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» YeTTB o‘zbekistonlik tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 10 million dollar ajratganini yozgan edi.