Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy qoʻshimcha aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Qoʻshimcha qatnovlar respublikaning oltita hududiga amalga oshiriladi.
HY015/016 Toshkent – Nukus – Toshkent: 30-avgust, 1 va 3-sentabr; HY021/022 Toshkent – Buxoro – Toshkent: 30, 31-avgust va 3-sentabr; HY065/066 Toshkent – Termiz – Toshkent: 31-avgust va 2-sentabr; HY083/084 Toshkent – Fargʻona – Toshkent: 1-sentabr; HY093/094 Toshkent – Namangan – Toshkent: 2-sentabr; HY055/056 Toshkent – Urganch – Toshkent: 31-avgust va 2-sentabr; HY051/052 Toshkent – Urganch – Toshkent: 1-sentabr; HY057/058 Toshkent – Urganch – Toshkent: 3-sentabr.Shuningdek, 31-avgustdan 3-sentabrgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar...