Afg‘onistonda Ezgulikni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirligi ayollarga Qur’onni ovoz chiqarib o‘qish va boshqa ayollar ishtirokida namoz o‘qishni taqiqladi. Bu haqda Amu TV xabar berdi.
Unga ko‘ra, yangi taqiqni boshqarma boshlig‘i Muhammad Xolid Hanafiy ma’lum qildi.
2024-yil avgust oyida Afg‘onistonda 35 moddadan iborat qonun qabul qilingan bo‘lib, unda ayollarning jamoat joylarida so‘zlashi va jamoat joylarida yuzlari ochiq holda yurishi taqiqlanadi. Rasmiylarga ko‘ra, yangi taqiqlar illatlarga qarshi kurashish va ezgulikni targ‘ib qilish uchun qabul qilingan.
«Oilasining yagona boquvchisi bo‘lgan ayollar qanday qilib ro‘zg‘orlarini o‘tkazishlari, tibbiy yordam olishlari va hatto ovozlari taqiqlangan holda qanday...