YouTube televizor ekranlarida kontent sifatini yanada sifatli qilishga qaratilgan beshta yangi funksiyani taqdim etdi. Bu haqda videoplatforma rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Endi ijodkorlar videolarini yuqori sifatda namoyish qilish, tomoshabinlar esa ularni qulay tarzda topish va hatto xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yangi funksiyalar orasida eng muhimlaridan biri – sun’iy intellekt yordamida videolar sifatini avtomatik yaxshilash. 1080p dan past bo‘lgan videolar HD yoki hatto 4K darajasigacha oshiriladi. Shuningdek, video miniaturalari hajmi 2 MB dan 50 MB gacha kengaytirilib, 4K aniqlikdagi suratlarni yuklash imkoniyati yaratildi.
YouTube televizor versiyasida kanallarni topish va tomosha qilish tajribasi ham yangilandi. Endi foydalanuvchilar o‘z sevimli kanallarini...